Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlar soni 8,8 foiz kamaydi
2015 yilda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlar soni 2014 yilga nisbatan 8,8 foiz kamaydi. Bu haqda Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ijrosi hamda 2016 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan anjumanda ma'lum qilindi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, 2015 yilda dastur ijrosi doirasida vazirlik va idoralar, hududiy hokimliklar hamkorligida 72 mingdan ziyod loyiha va tadbir o‘tkazilgan.
Jumladan, dasturga muvofiq, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi. Ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan bolalar tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlariga jalb etildi. “Odam savdosi – davr muammosi” targ‘ibot loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarga 1,9 milliondan ortiq yoshlar qamrab olindi.
Charos OMONOVA, O‘zDJTU talabasi