Jahon | 08:55 / 12.01.2016
5626
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh koalitsiyasi Iroqda IShIDning moliya markazini yo‘q qildi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari Iroq shimolidagi Mosul shahrida IShIDning moliya markazini yo‘q qildi, deya xabar bermoqda CNN.

Pentagondagi axborot manbasining ma'lum qilishicha, koalitsiya samolyotlari 900 kilogrammlik ikki bomba bilan binoni vayron qilgan. Amaldor so‘zlariga ko‘ra, terroristlar u yerda harbiy amaliyotlar uchun sarflanadigan millionlab dollarni saqlagan.

Aviazarbalar tinch aholi o‘rtasida yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida erta tongda berilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, beshdan yetti kishigacha halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, moliya markazining bombalanishi jangarilarni pul topish yo‘llaridan ayirish uchun IShID neft infratuzilmalari va neft tashuvchilarini yo‘q qilishga qaratilgan amaliyotning bir qismi hisoblanadi.