Texnologiya | 00:32 / 12.01.2016
8114
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yilning eng yaxshi avtomobillari nomi ma'lum qilindi

Detroytdagi motorshouda har yillik tanlov “Shimoliy Amerikaning yengil avtomobili va yilning yo‘ltanlamasi” g‘oliblari e'lon qilindi. Yengil avtomobillar orasida Honda Civic, krossoverlar kategoriyasida Volvo XC90 birinchi o‘rinni egalladi.

Civic oilasidan tashqari o‘tgan yilning dekabr oyida “Yaponiyada yil avtomobili” nomiga sazovor bo‘lgan sedan Chevrolet Malibu va rodster Mazda MX-5 ham g‘oliblikka nomzodlik qildi.

Volvo XC90

Yo‘ltanlamas va pikaplar kategoriyasida “Volvo” bilan bir qatorda Honda Pilot va Nissan Titan XD ham birinchi o‘rin uchun kurash olib bordi. XC90 modeli 2003 yilda bu tanlovda g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari, Shvetsiyaning yangi avlod yo‘ltanlamasi Yevropadagi eng yaxshi mashina nomiga nomzod bo‘lganlardan biri sanaladi.