Belgorodda bemorni urib o‘ldirib qo‘ygan shifokor aslan toshkentlik bo‘lib chiqdi
Bir necha kun muqaddam Rossiyaning Belgorod shahrida shifokor bemorni bir zarbada o‘ldirib qo‘ygani aks etgan videotasvir internetda shovshuvga sabab bo‘ldi. Endilikda qotil shifokorning shaxsiyatiga doir ma'lumotlar aniqlashtirilib, mahalliy matbuotda e'lon qilindi.
2-sonli Belgorod shahar shifoxonasi, 1-jarrohlik bo‘limi 2-toifali shifokori Ilya Aleksandrovich Zelendinov Toshkentda tug‘ilib o‘sgani ma'lum bo‘ldi.
Belgorodliklarning matbuotda keltirayotgan guvohliklariga qaraganda, uning ustidan ilgari ham shikoyatlar bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim belgorodlik foydalanuvchilari Zelendinovni “bokschi shifokor” deb atadi.
Videoda u bilan birga xonaga bostirib kirgan qiz shifokorning singlisi Alyona Aleksandrovna Zelendinovadir. U ham shifoxonada ishlaydi. Bemor aynan shu qizga gapirgani tufayli shifokor uni kaltaklab o‘ldirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni Moskva viloyatidagi Belgorod shahri shifoxonasining qabul bo‘limidagi bemor shifokor Zelendinov tomonidan kaltaklanish natijasida jon bergani haqida xabar qilingandi.