Jamiyat | 11:46 / 12.01.2016
14398
2 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet odamlarning samimiy munosabatini o‘rganish uchun mashinadan logotipini olib tashladi

Chevrolet kompaniyasi McCann agentligi bilan hamkorlikda “Real odamlar, aktyorlar emas” seriyasidan navbatdagi reklama roligini tayyorlab, e'lon qildi. Rolik uchun kompaniya yangilangan Chevrolet Malibu modelidan brendingning barcha unsurlarini olib tashladi, so‘ng odamlarning mashinaga munosabatini o‘rgandi.

Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, shu yo‘l bilan odamlarning mashinaga bo‘lgan samimiy munosabati, ochiq fikrini bilishga harakat qilingan.

Ayrimlar qarshisida turgan mashinani Lexus kompaniyasiga tegishli deb hisoblasa, boshqalar uni Acura modeli, yana kimdir BMW deb o‘ylagan.Shundan so‘ng odamlar mashinaning tavsifi bilan tanishtiriladi: salonda iPhone’dan xavfsiz foydalanish uchun Apple CarPlay qo‘llab-quvvatlash tizimi, Teen Driver texnologiyasi v hokazo.

Chevrolet vakili avtomobilning taxminiy narxi necha pulni tashkil qilishi mumkinligini ishtirokchilardan so‘rab ko‘rdi. Ular 50-80 ming dollar, deb hisoblashdi.
Rolik oxirida ularga avtomobil haqida haqqoniy ma'lumot beriladi. Odamlar ularning qarshisida Chevrolet turganini, uning minimal narxi 22.5 ming dollar ekanligini eshitib hayratga tushishadi.

“Real odamlar, aktyorlar emas” kampaniyasining maqsadi 2015 yil martidan boshlab chakana savdo o‘sishini ta'minlashdir. “Yangi Malibu, Cruze va boshqalar bilan bizda storitellingni yaxshilash hamda mahsulot va brendning qabul qilinishi ustida ishlash imkoniyatimiz bor”, - dedi Adweek bilan suhbatda Chevrolet prezidenti o‘rinbosari Pol Edvards.

Kampaniya doirasidagi oxirgi keyslar Silverado modeliga bag‘ishlangan bo‘lib, odamlarning mashina vositasida hal qilinadigan kundalik muammolariga bag‘ishlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish