Jahon | 17:10 / 12.01.2016
5931
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyani mintaqada jangarilarning birinchi raqamli nishoni sifatida atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul shahridagi portlash munosabati bilan chiqish qildi.

Uning aytishicha, Turkiya Yaqin Sharq hududidagi jangarilarning asosiy nishoni hisoblanadi.

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Turkiya hukumati jangarilarning barcha guruhlariga qarshi jiddiy tarzda kurashishni davom ettiradi.

Bundan oldinroq, Turkiya Mudofaa vazirligidagi manba Istanbuldagi teraktga IShID aloqadorligi haqida ma'lum qilgandi.

Qayd etilishicha, Turkiya hukumati jangarilarga qarshi kurash olib borayotgani uchun, ular tinch aholiga qarshi hujumlar uyushtirishmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Istanbuldagi portlash tufayli qurbon bo‘lganlar soni 10 kishi, jarohatlanganlar esa 15 kishi.

Istanbuldagi markaziy maydonda portlash sodir bo‘lishi oqibatida germaniyalik sayyohlar jarohatlandi

OAV: Istanbuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar bor

Istanbuldagi portlash tufayli halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritildi

Turkiya bosh vaziri Istanbuldagi terakt tufayli favqulodda majlis chaqirdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish