Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Haqiqat" gazetasida Yuridik universiteti professori unga ism-familiyadosh o‘zbek aktyori bilan adashtirilgani ma'lum bo‘ldi
Andijon viloyatida chop etiluvchi «Haqiqat» gazetasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi haqidagi maqola muallifi suratini adashtirib yubordi. Gazetaning xatolik bilan nashrdan chiqqan sahifasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Mazkur gazetada Toshkent davlat yuridik universitetining “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi mudiri Otabek Mahkamovning “Konstitutsiya - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asosi” sarlavhali maqolasi chop etilgan.
Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, gazetada maqola muallifi ko‘rsatilgan joyda huquqshunos va aktyor Otabek Mahkamovning surati bosilgan.
Otabek Mahkamov bir necha o‘zbek filmlarida (“Men yulduzman”, “Jodugar”, “Yondiradi-kuydiradi” va boshqa) va kliplarda (“Meni kuchliroq sev” Ozodbek Nazarbekov) kichik rollarni ijro etgan.
Yuridik universiteti kafedra mudiri Otabek Mahkamov Muxtorovich haqida esa universitetning saytida ma'lumot berilgan.
“Haqiqat” gazetasi Andijon viloyatida chop etiladi. Biroq yuqoridagi xatolik gazetaning aynan qaysi sonida ekani hozircha ma'lum emas.