Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalist: Samarqandda Kanadaga Green Card ochilgani haqidagi mishmishlar haqiqatga mos kelmaydi
Samarqand viloyatida Kanadaga ketish uchun ham Green Card o‘ynash imkoniyati ochilgani haqida mishmishlar tarqagan edi. Mazkur masalani mahalliy jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev tekshirib ko‘rdi.
Yaqinda Urgut tumanidan tanishim qo‘ng‘iroq qilib, Kanadaga Grin Kard olish uchun 50 ming so‘mga hujjat rasmiylashtiradigan firma haqida ma'lumot topib berishni so‘radi. Uning aytishicha, firma Samarqandda, Panjakent ko‘chasi, 27-maktab qarshisida joylashgan ekan”, - deb yozadi jurnalist.
Aniqlanishicha, bu xususiy korxona bo‘lib, Kanada ishchi vizasini olish uchun hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan. Shu bilan birga, bunday vizani olish uchun kanadalik ish beruvchining taklifnomasi kerakligi yaxshi ma'lum. Ya'ni, bu borada Green Card’ga o‘xshagan tizim ishlamaydi.
Jurnalist taklifnomaning kerakligidan fuqarolarni ogohlantirmay, pul evaziga ularga xizmat ko‘rsatayotgan korxonaning asl maqsadlarini shubha ostiga oldi.
“Urgut bozorining savdo ishchisi Kanadada ishlash taklifnomasini qanday oladi? Bu hujjatsiz xususiy korxona hujjatlarni qanday rasmiylashtiradi? Agar har bir kishidan 50 ming so‘mdan olinsa, 1000 yoki 2000 kishi yaxshigina pul to‘laydi. Shunday emasmi?”, - xulosa qildi jurnalist.