Sport | 16:50 / 12.01.2016
2510
1 daqiqa o‘qiladi

Kerjakov «Tsyurix»da rossiyalik xokkeychi do‘sti sharafiga 72 raqamni tanladi

Shveytsariyaning «Tsyurix» klubining yangi futbolchisi rossiyalik Aleksandr Kerjakov yangi jamoasi safida 72-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqda TASS nashri klub prezidenti Anchillo Kanepa bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Kerjakov bu raqamni Milliy xokkey ligasining «Chikago Blekxouks» jamoasida o‘ynovchi do‘sti Artemiy Panarin sharafiga olgan. Panarin aynan shu raqam ostida harakat qiladi.

«Kerjakov o‘zining 11-raqamini olishni istagandi. Biroq bu raqam Albaniya terma jamoasi a'zosi Armando Sadiku tomonidan band qilingandi. Shunda u xokkeychi do‘sti sharafiga 72- raqamni olishga qaror qildi», — deydi Kanepa.

Eslatib o‘tamiz, Kerjakov «Tsyurix»ga ijara asosida o‘tgan. Uning «Zenit» bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilning 30 iyunida tugaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish