Jahon | 01:38 / 12.01.2016
5588
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Kerri bilan Suriyadagi vaziyat va KXDRdagi yadro sinovlarini muhokama qildi

Telefonda bo‘lgan suhbat davomida Rossiya va AQSh tashqi siyosiy faoliyat yetakchilari yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama uchrashuv haqida kelishib olishdi.

RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri telefon orqali muzokara olib bordilar. Ular xalqaro vaziyatni muhokama qilib, uchrashishga kelishib oldilar, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

“Ular bir qator masalalar, xususan Suriyadagi siyosiy jarayonlar, Yaqin Sharqning hududiy masalalari, Shimoliy Koreyada yaqinda bo‘lib o‘tgan yadro sinovlari, shuningdek AQSh va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdi. Ular yaqin aloqada qolish va tez kunlarda uchrashishga kelishib oldilar”.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va AQSh tashqi siyosiy faoliyat yetakchilarining so‘nggi suhbati 2015 yilning 28 dekabr kuni bo‘lgan edi. Telefondagi suhbat davomida Lavrov va Kerri Suriyadagi inqirozni hal etish yo‘llari, shuningdek “Islom Davlati” terroristlari bilan kurashish harakatlarini muvofiqlashtirishni muhokama qilishgan.

Dekabr oyi o‘rtalarida AQSh Davlat kotibi Moskvaga rasmiy tashrifni amalga oshirgan, u yerda Rossiya TIV rahbari va mamlakat prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish