Sport | 17:08 / 12.01.2016
3044
2 daqiqa o‘qiladi

MINI jamoasi “Dakar-2016”ning maxsus uchastkasida g‘alaba qozondi

MINI jamoasi “Dakar-2016”ning maxsus uchastkasida g‘alaba qozondi. Avtomobillar toifasida birinchilikni Nosri al-Attiya qo‘lga kiritdi: u 534 km li 8-bosqichni 4 soat 12 daqiqa 33 sekundda bosib o‘tdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Karlos Sayns va Stefan Petransellar egallashdi (Peugeot). Ular yetakchidan 12 va 31 sekundga ortda qolishdi. Ularning jamoadoshi Sebasten Leb kun boshida qumlarda qolib ketdi va u yerda bir necha daqiqa yo‘qotgani bois 18-bo‘lib marraga yetib keldi, proigrav bolshe chasa. Texniklar uning mashinasini tiklay oladimi, yo‘qmi, hozircha noma'lum.

Yuk mashinalari toifasida bosqichni Jyerar de Roy yutib chiqdi: u masofani 4 soat 42 daqiqada bosib o‘tdi. Undan keyingi o‘rinlarni rossiyalik Eduard Nikolayev va Andrey Karginovlar egalladi (“KAMAZ-Master”). Beshlikka Yaroslav Valtr (Tatra) va Dmitriy Sotnikov (“KAMAZ”) yakun yasashdi.

Motosiklchilar ichida eng yaxshi natijani Tobi Prays qayd qildi. Unga marrani bosib o‘tishga 4.5 soat talab qilindi. Ikkinchi o‘rin egasi Paulo Gonkalves (Honda) undan besh daqiqaga ortda qoldi. To‘rtinchi pozitsiyani chililik Pablo Kuintanilla (Husqvarna) egalladi: ikkinchi o‘rindan u 6 daqiqa 32 sekundga ortda qoldi.

Kvadrosikllar toifasida birinchilik aka-uka Markos va Alexandro Patronellilarga nasib qildi; ular umumiy klassifikatsiyada ham birinchi o‘rinda ketmoqda. Uchinchi pozitsiya perulik Aleksis Ernandesga, beshinchi o‘rin rossiyalik Sergey Karyakinga nasib qildi.

“Dakar”ning to‘qqizinchi bosqichi Argentinaning Belen shahri atrofida o‘tadi. Maxsus uchastka uzunligi 285 km ni tashkil qiladi.