Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OFK rahbari FIFA prezidentiga aylansa, 2018 va 2022 yilgi mundiallar mezbonligi uchun qayta saylov o‘tkazilishi mumkin
Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti, FIFA prezidentligi uchun saylovda nomzod hisoblangan shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa 26 fevral kuniga belgilangan saylovda g‘olib chiqsa, 2018 va 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatlari mezbonligi uchun qayta saylov o‘tkazish bo‘yicha talabnomani ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda insidethegames xabar bergan.
U agar Rossiya va Qatarning mundial mezboniga aylanishida jiddiy qoida buzilishi ro‘y bergani aniqlanadigan bo‘lsa, aynan shunday qadam tashlashini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda FIFA bosh qarorgohi joylashgan mamlakat hisoblanmish Shveytsariya politsiyasi bu ikki mundial mezbonligi naqadar shaffof yo‘l bilan qo‘lga kiritilganini tekshirmoqda.
FIFA prezidentligi uchun saylovda Al-Xalifadan tashqari, iordaniyalik shahzoda Ali ibn al-Husayn, janubiy afrikalik milliarder, sobiq vazir Tokio Seksevale, FIFA bosh kotibining sobiq o‘rinbosari Jyerom Shampan va UYeFA bosh kotibi Janni Infantino ishtirok etadi.