Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oltin to‘p» so‘rovnomasi: O‘zbekistonliklar kimlarga ovoz berishdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa sardori Odil Ahmedov FIFA tomonidan o‘tkazilgan jahonning 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi so‘rovnomasida Lionel Messiga ovoz bergan. Bu haqda «Oltin to‘p» taqdimotidan so‘ng FIFA tomonidan e'lon qilingan so‘rovnoma yakunlaridan (pdf) bilish mumkin.
Shuningdek, PFL matbuot xizmati vakillari FIFA o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirok etishgan. Quyida ular kimlarni nechanchi o‘ringa qo‘ygani haqida ma'lumot berilgan.
Eng yaxshi futbolchi uchun berilgan ovozlar:
Samvel Babayan - Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Neymar
Odil Ahmedov - Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Neymar
Grigoriy Rtveladze - Krishtianu Ronaldu, Luis Suares, Tomas Myuller
Eng yaxshi murabbiy uchun berilgan ovozlar:
Samvel Babayan - Luis Enrike, Xosep Gvardiola, Massimiliano Allegri.
Odil Ahmedov - Luis Enrike, Xosep Gvardiola, Arsen Venger.
Grigoriy Rtveladze - Luis Enrike, Massimiliano Allegri, Xosep Gvardiola.
Ayollar futboli
Eng yaxshi futbolchi uchun berilgan ovozlar:
Vyacheslav Soloxo - Charli Lloyd, Xoup Solo, Anri Amandin.
Laylo Tilovova - Charli Lloyd, Ayya Miyama, Nadin Angerer.
Dmitriy Popov - Charli Lloyd, Ayya Miyama, Selia Shashich.
Eng yaxshi murabbiy uchun berilgan ovozlar:
Vyacheslav Soloxo - Norio Sasaki, Vorle Tomas, Preshur Jyerard.
Laylo Tilovova - Ellis Jill, Norio Sasaki, Vorle Tomas.
Dmitriy Popov - Ellis Jill, Norio Sasaki, Vorle Tomas.
11 yanvar kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida «Oltin to‘p» taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yil yakunlariga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatida beshinchi marta «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritdi.