Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston OTBdan kichik biznesni rivojlantirish uchun 100 mln dollar kredit olmoqchi
O‘zbekiston 2016 yilda Osiyo taraqqiyot bankidan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yo‘naltirish maqsadida 100 mln dollar miqdorida kredit olishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, bu kredit "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikkinchi loyiha" doirasida so‘raladi.
OTB saytida ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonning bu boradagi arizasi 2016 yilning iyulida ko‘rib chiqiladi.
Bu loyiha doirasida ayollarning moliyaviy sohadagi o‘rnini kengaytirish nazarda tutilgan.
OTB ma'lumotiga ko‘ra, 2014 yilda kichik biznesga kichik biznes uchun 9,1 trln so‘m (3,4 mlrd dollar) kredit olingan. Bu O‘zbekiston YaIMining 6,3 foizini tashkil etadi. Shundan 1,5 trln so‘mlik qismi mikrokreditlar sifatida berilgan.