Sport | 18:52 / 12.01.2016
3197
1 daqiqa o‘qiladi

Platini o‘zining diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsion qo‘mitaga shikoyat xati yozadi

UYeFAning amaldagi prezidenti Mishel Platini o‘zining 8 yil muddatga futboldagi faoliyatidan chetlatilishi borasidagi qaror yuzasidan FIFA apellyatsion qo‘mitasiga shikoyat xati bilan chiqadi. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.

Endilikda Platini FIFA prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodini qaytarib olgani va faqatgina o‘zining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor emasligini isbotlash uchun harakat qilishini ma'lum qilgan. FIFA prezidentligi uchun saylovlar joriy yilning 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni FIFA axloq qo‘mitasining arbitraj palatasi Platini va FIFA prezidenti Yozef Blatterni 8 yilga futbol faoliyatidan chetlashtirgandi.