Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko mart oyi oxirida AQShga safar qiladi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko shu yilning mart oyi oxirida Vashingtonga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgan. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliyga asoslanib, "Interfaks" nashri xabar tarqatgan.
"Men hozir shuni bildira olamanki, Ukraina prezidentining AQShga tashrifi mart oyining oxiriga mo‘ljallangan", degan elchi.
Elchining qayd etishicha, Poroshenko bu tashrifi vaqtida Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil uchun tuzilgan AQSh Mudofaa byudjyetida Ukrainaga xavfsizlik sohasi uchun yana 300 mln dollar yordam berish ko‘zda tutilgan.