Jahon | 20:00 / 12.01.2016
3545
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston-Xitoy gaz quvurining qurilishi mart oyida boshlanadi

Qirg‘iziston-Xitoy gaz quvurining qurilishi 2016 yilning mart oyida boshlanadi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Oybek Qaliyev iqtisodiy va fiskal siyosat bo‘yicha parlament qo‘mitasi yig‘ilishi chog‘ida ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda tranzit gaz quvuri loyihalashtirilish bosqichida. Bu ishlarni Xitoy bajarmoqda. Qirg‘izistonda esa bunday obektlarni qurishga yetarli texnologiya mavjud emas.

Xabar qilinishicha, gaz quvurining ikkinchi tarmog‘i 2021-2022 yillarda quriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish