Fan-texnika | 21:07 / 12.01.2016
9935
1 daqiqa o‘qiladi

Taniqli xaker iOS 9.3 beta himoyasini buzib kirdi

Taniqli italiyalik xaker Luka Todesko yaqindagina taqdim etilgan iOS 9.3 beta`ni jyeylbrek qilish uchun bir necha soat sarfladi xolos. U xavfsizlik to‘sig‘i buzilgan smartfonni videotasvirga olib, internetga joylashtirdi.

Luka Todesko Apple kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. U kompaniyaga o‘zi aniqlagan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etib boradi. Apple ham bir necha marta xakerga iOS`dagi xatoliklar to‘g‘risida ma'lum qilgani uchun rasman minnatdorchilik bildirgan.

iOS 9.2.1 jyeylbreki ustida esa xakerlarning ikki jamoasi — TaiG va Pangu ish olib bormoqda. Ularning iOS 9.3 beta-namunasini buzishga harakat qilishlari ham istisno etilmayapti.