Jamiyat | 12:50 / 13.01.2016
2221
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilning noyabridan buyon Kanadaga 10 ming suriyalik muhojir yetib keldi

2015 yilning noyabridan buyon 10 ming suriyalik muhojir Kanadadan boshpana topdi. Bu haqda SVS telekanali xabariga asoslanib TASS ma'lum qildi.

Kanada kelgan qariyb 5 ming kishi oddiy fuqarolarning mablag‘lari evaziga yetib kelgan bo‘lsa, qolganlar federal hukumat tomonidan moliyalashtirilgan. O‘tgan yilning 4 noyabridan buyon Iordaniya va Livandagi maxsus qochqinlar lageridan Kanada HHK transport samolyotlari qochqinlarni mamlakatga olib kelmoqda.

Kanadaning immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik vaziri Jon Makkallum dekabr oyi so‘ngida jamoatchilikka murojaat qilib, 2016 yilning 1 martiga qadar mamlakatga 25 ming suriyalik qochqin kirib kelishini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish