Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:33 / 13.01.2016
3950
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqdagi IShID marralariga 24 marta havo zarbasi yo‘lladi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya va Iroqdagi IShID terrorchilik guruhi marralariga havodan 24 marta hujum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Iroqning Mosul, ar Ramadiy va Kisik shaharlariga 16 ta havo zarbasi yo‘llangan. Buning natijasida jangarilarning to‘rtta taktik birligi va yana shuncha bunkeri yo‘q qilingan.
Suriyaning beshta tumaniga sakkiz marta havo zarbasi uyushtirilgan. Natijada jangarilarning harbiy pozitsiyalari, transport vositalari, shuningdek, ekskavator va neft nasosining generatori yo‘q qilingan.