Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh Assambleyasi raisi: 2015 yil global gumanitar inqiroz chuqurlashgan yil bo‘ldi
Sayyoramizga yangi-2016 yil kirib keldi. Kuni kecha BMT Bosh Assambleyasining raisi Morgens Lyukketoftning maqolasi e'lon qilindi. Uning fikricha, 2015 yil qonli mojarolar, dahshatli terror xujumlari va global gumanitar inqirozning chuqurlashgan yili bo‘lgan. Uning aytishicha, o‘tgan yili Suriyada 250 mingdan ortiq kishi xalok bo‘lib, 11 millionga yaqin kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. U jahonning turli mamlakatlarida odamlarning qo‘rquv ostida yashashi, tinch fuqorolarga qilinayotgan hujumlar, ekstremistik guruxlar tomonidan odamlarning o‘g‘irlanishi va qatl qilinishi bilan bog‘liq ayanchli voqealarga xam to‘htalib o‘tgan.
2015 yilda xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlari bilan Serra-Leone, Liberiya va Gvineyada ebola epidemiyasiga barxam berildi. BMTning Ming yillik dasturiga ko‘ra, jaxonda qashshoqlar soni 50 foizga qisqardi. O‘tgan yili muzokoralar yili bo‘ldi. Buning samarasi o‘laroq Kuba va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy natijalar ko‘zga tashlandi. Eron yadro dasturi borasida xam ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Kolumbiyada xukumat kuchlari va isyonkorlar o‘rtasida muzokorlar boshlandi. Markaziy Afrika Respublikasida esa O‘tish jarayonlari kuzatilmoqda.
O‘tgan yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda 17ta maqsadni o‘z ichiga olgan BMTning 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi Bitim qabul qilindi. Mamlakatlar qashshoqlik va ocharchilikni keltirib chiqaruvchi sabablarga qarshi kurashga kelishib oldilar.
Shu bilan birga u xalqaro miqyosda qo‘lga kiritilgan yutuqlarni ham misol sifatida keltirar ekan, Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij anjumani va unda qabul qilingan qarorni ham eslatib o‘tdi. “2016 yil xarakatlar yili bo‘lishi kerak”, deydi BMT Bosh Assambleyasi raisi.
Bu yil siyosiy voqealarga boy yil bo‘lishi kutilmoqda.
DAISh (IShID)ga qarshi keskin kurash olib borilmaydigan bo‘lsa, u xolda dunyo xalqaro terrorizmning yangi to‘lqini bilan to‘qnash keladi. Ayni damda DAIShga qarshi uchta kaolitsiya kurash olib bormoqda. AQSh, Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘zaro kelisha olmayapti. Uchta kaolitsiya o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan o‘z navbatida DAISh foydalanib qoladi.
Bu yil prezidentlik saylovlari 24 yanvarda Portugaliyada, 31 yanvarda Markaziy Afrika Respublikasida (ikkinchi bosqich), 6 fevralda Moldaviyada, 21 fevralda Niger va Komor orollari Itttifoqida, 28 fevralda Beninda, 8 aprelda Jibutida, 8 noyabrda AQShda bo‘lib o‘tadi.
BMT Xavfsizlik kengashining yangi beshta nodoimiy a'zosi 1 yanvardan boshlab o‘z faoliyatini boshladi. Misr, Senegal, Ukraina, Urugvay va Yaponiya 2017 yilning 31 dekabriga qadar Xavfsizlik Kengashining nodoimiy a'zosi etib saylangan edi. Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik kengashining 15 ta a'zosi bo‘lib, ulardan beshtasi doimiy a'zo hisoblanadi. Qolganlari esa rotatsiya asosida ikki yil muddatga saylanadi.
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga raislik Germaniyaga o‘tdi. Berlin tashkilotga “Muloqotni yangilash, ishonch va xavfsizlikni tiklash” shiori ostida raislik qiladi. Kuni kecha tashkilotga a'zo mamlakatlar 2016 yilga mo‘ljallangan byudjyet masalasida o‘zaro kelishuvga erishdilar. Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank- Valter Shtaynmayyer byudjyetni qabul qilish murakkab vazifa bo‘lganini, ammo bu vazifa bajarilganini ta'kidladi. Yevrpada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 2016 yilga mo‘ljallangan byudjyeti 141 million 100 ming yevroni tashkil qiladi.
1 yanvardan Yaponiya G7 — “Katta yettilik” guruhiga raislik qila boshladi. Guruhga, Yaponiyadan tashqari AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Fransiya va Italiya a'zo bo‘lib kirgan. Bundan avval Yaponiya 2008 yilda “Katta yettilik” sammitiga raislik qilgan edi. Ayni damda Mie prefekturasining Sima shahrida 26-27 may kunlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammitning kun tartibi muhokama qilinmoqda. Bu shahar Ise-Sima milliy qo‘riqxonasi hududida joylashgan. Ananaga ko‘ra, yettita mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari bu kabi sammitlarda xalqaro maydonda yuz berayotgan siyosiy va iqtisodiy masalalarni muhokama qilishadi. Biroq, tahlilchilarning fikricha, bu galgi sammitda siyosat va diplomatiya, iqtisod va tashqi savdo, iqlim o‘zgarishi va energetika, global taraqqiyot masalalari muhokama qilinishi aniq. Sammitda jaxon sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Siyosat va diplomatiya masalalari muhokama qilinar ekan, aksilterror amaliyotlari va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda “katta yettilik” mamlakatlarining sa'y-harakatlarini muvoffiqlashtirishga alohida e'tibor qaratilishi, shubhasiz. O‘tgan yilning yozida bosh vazir Sindzo Abe bayonot berib, rais sifatida Yaponiya jahon muammolarini hal qilishda G7ga a'zo mamlakatlar birligiga katta ahamiyat qaratishini ta'kidlagandi. “G7ni umumiy qadriyatlar – ozodlik, demokratiya, inson huquqlari va qonun ustivorligi birlashtrib turadi” degan edi Yaponiya bosh vaziri. Bundan tashqari Yaponiya uchta mavzuga alohida e'tibor qaratmoqchi. Ya'ni, global dunyoning muammolari sifatida, Yaponiya jahonda zamonaviy infratuzilmalarni tashkil qilish, sog‘liqni saqlashdagi muammolarni hal qilish, xotin-qizlarning maqomi va ularning ijtimoiy rolini oshirishga e'tiborr berilishi lozimligini aytib keladi. Ma'lumki, Abe ichki siyosatida ham xotin-qizlarining maqomini oshirishga alohida ahamiyat qaratib keladi. Sammitdan avval “Katta yettilik”ka a'zo mamlakatlarning vazirlari ishtirokida bir qator uchrashuvlar o‘tishi rejalashtirilgan. Vazirlarning uchrashuvlari “kunchiqar yurt”ning sharq va g‘arb, shimol va janubidagi turli shaharlarida o‘tkaziladi. Masalan, tashqi ishlar vazirlari Xirosimada 10-11 aprel kunlari uchrashadilar. 1945 yilda atom bombasi hujumiga duchor bo‘lgan Xirosima tinchlik va umidlar ramzi sifatida tanlandi. O‘tgan yilning noyabr oyida Parijda yuz bergan terror hodisalaridan keyin bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mazkur xalqaro miqyosdagi ilk anjumanlar sabab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Belgilangan muddatdan to‘rt oy avval Yaponiya tashqi ishlar vazirligi qoshida xalqaro terrorizm borasida Axborot to‘plovchi markaz tashkil etildi. Markaz aslida aprel oyida ish boshlashi kerak edi. Biroq o‘z faoliyatini 2015 yilning 8 dekabrida boshlab yubordi. Bevosita bosh vazir devonxonasiga bo‘ysinuvchi mazkur markazga o‘nlab mutaxassislar jalb qilingan.
Poytaxt Tokio va mamlakatning boshqa shaharlarida politsiya va maxsus xizmat xodimlari favqulotda vaziyatlarda ko‘riladigan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘quv-mashqlarni o‘tkazmoqda. Politsiya sammit arafasida hukumatga tegishli saytlar xalqaro Anonymous (“Anonimus”) xakerlar guruhi hujumiga uchrashi ehtimolini ma'lum qildi. Kiberjinoyatchilik so‘nggi yillarda Yaponiya uchun voqelikka aylanib bormoqda. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning sentabr oyidan boshlab “Anonimus” guruhi Yaponiya saytlariga uyushtirilgan 100ta hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan.
“Katta yettilik” sammiti o‘tkazilishi uchun 60 milliard iyen (487 million dollar) ajratiladigan bo‘lsa, shuning yarmidan ko‘pi, taxminan – 34 milliard iyenni xavfsizlikni ta'minlashga sarflanadi.
1 yanvardan boshlab Xitoy “Katta yigirmalik”ka raislik qila boshladi. Ma'lumki, “katta yigirmalik” sammiti shu yilning 4-5 sentabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkaziladi. Bu shahar Chjetszyan viloyatining ma'muriy markazi hisoblanadi. Navbatdagi sammitda innovatsiyaga alohida e'tibor qaratiladi.
Niderlandiya 1 yanvardan boshlab olti oy davomida Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiladi. Kengash raisi har yarim yilda o‘zgarib turadi. Niderlandiya raislikni Lyuksemburgdan qabul qilib oldi. Iyun oyida esa Slovakiyaga topshiradi. Yangi rais oldida turgan asosiy muammo Yevropada kuzatilayotgan muhojirlar bilan bog‘liq inqiroz ekani aytiladi
Bu yil Yevropa navbatdagi muxojirlar to‘lqini bilan to‘qnash keladi. Taxlilchilarning fikricha Qo‘xna qitaga yaxshi xayot umidida Osiyo va Afrikadan muxojir va qochqinlarning oqimi nafaqat Yevropa mamlakatlari, balki xalqaro tashkilotlar uchun ham kutilmagan xodisa bo‘lgan. Bu xaqda BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi rasmiy vakili Uilyam Spindler bayonot berdi. U yil oxriga qadar muxojir va qochqinlar soni yana ortishi extimolini xam ta'kidlab o‘tdi. U Oliy komissarlik insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish maqsadida maxsus reja ishlab chiqqanligini qayd qilib o‘tdi.
BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi asosan urushlar, tabiiy ofatlar kuzatilayotgan mamlakatlardan bosh olib ketayotgan qochqinlar muammolari, bir so‘z bilan aytganda xalqaro yordamga muxtojlar bilan shug‘ullanadi. Xalqaro Migratsiya tashkiloti esa muxojirlarning muammolarni xal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Yevropaga kelayotgan Osiyo va Afrika fuqorolari mexnat muxojirlari deyiladi. Qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan mamlakatlardan bosh olib ketayotganlar esa qochqinlardir. Ular o‘rtasidagi mana shu farqlarni ajratish kerak bo‘ladi. Biroq Gretsiya yoki Italiya soxillariga tushayotganlarni birdaniga muxojir yoki qochqinligini bilib bo‘lmaydi. Shu sababli ular bilan bo‘lib o‘tadigan suxbatlardan so‘ngina, kim muxojir, kim qochqinligini aniqlash mumkin. Bu esa xalqaro tashkilotlar va qabul qilayotgan mamlakatlar oldidagi asosiy muammo sanaladi.
Shunga qaramay, BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligi boshqarmasi ham, Xalqaro Migratsiya tashkiloti ham Yevropaga kelayotganlarga, ular hoh qochqin, hoh mexnat muxojiri bo‘lishidan qatiy nazar, ularga nisbatan insonparvarlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqirib keladi.
Yevropa Ittifoqi bir qator inqirozlarni yengishi kerak bo‘ladi. Shu o‘rinda davom etayotgan yevroinqiroz, muxojirlar bilan bog‘liq muammolar va terror xujumlarini eslatib o‘tish kerak. 2016 yilda ko‘xna qitaga qancha muxojir kelishini xozircha xech kim bilmaydi. 2015 yilda bir million 200 minga yaqin muxojir kelgani aytiladi. Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifqidan chiqishi bilan bog‘liq masala xam asosiy muammolardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu boradagi referendum 2017 yilga rejalashtirilgan. Ammo bu yil o‘tkazilishi extimolidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.
19 sentabrda BMT Bosh Asambleyasi doirasida muxojirlar muammasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazilishi kutilmoqda.
Bu yil mamlakatimiz poytaxti Toshkent ham xalqaro muloqotlar markazga aylanishi shubxasiz.
Shanxay hamkorlik tashkiloti tartib-qoidalariga binoan har yili a'zo mamlakatlardan biri unga rais bo‘ladi. O‘tgan yilning 9- 10 iyul kuni Ufada tashkilotning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Mazkur sammitidan keyin ShHTga raislik O‘zbekiston Respublikasiga o‘tdi. Taomilga binoan raislik qiluvchi davlat o‘z hududida navbatdagi sammitni tashkil qildi. Shu yilning sentabr oyida Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, ShHT harbiy tashkilot emas. Bu tashkilot asosan a'zo davlatlarning havfsizligini ta'minlashga mas'uldir. ShHTning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari barqaror taraqqiyot va farovon istiqbol uchun hamkorlikda faoliyat yuritishdan iboratdir. So‘nggi vaqtlarda jahonda nufuzi ortib borayotgan Tashkilot o‘z oldiga urushlar va harbiy-siyosiy to‘qnashuvlar xavfini daf etib, tinchlik, farovon hayotga erishish kabi ulug‘ maqsadni qo‘ygan. Qarorgohi Toshkentda bo‘lgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi o‘z mevalarini bermoqda. Shu davr mobaynida MATT tomonidan mingdan ortiq terror hodisalarining oldi olindi. Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston ShHTning barcha a'zo davlatlarida izchil va barqaror iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash, aholi bandligi masalalarini hal qilish va turmush darajasini yuksaltirishga ko‘mak beradigan o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida mazkur tashkilot kuzatuvchi mamlakatlarining resurslari hamda bozorlaridan yanada faolroq foydalanish va ularni jalb qilishni yoqlab chiqayotganini ta'kidlashmoqda. O‘zbekistonning ShHTida raislik qilishi ushbu tashkilot rivojlanishiga ijobiy turtki bo‘lib xizmat qilishga, shu davrda tashkilotning xalqaro aloqalari, uning huquqiy va me'yoriy asoslarining mustahkamlanishiga e'tibor qaratilishi aniq. Taxlilchilar tomonidan O‘zbekiston hamisha o‘zining ShHTdagi raisligiga aniq va muvozanatlashgan yondashuv bilan qarashi, mamlakatimiz mazkur tashkilotning nufuzini ko‘tarish maqsadida faol harakat qilishi ta'kidlanadi.
Sharofidin To‘laganov