O‘zbekiston | 22:36 / 13.01.2016
3725
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyaning ARMATURY Group kompaniyasi O‘zbekistonga quvurlar yetkazib beradi

Chexiyaning ARMATURY Group kompaniyasi O‘zbekistonga 3 mln yevro qiymatidagi quvurlar yetkazib berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, quvurlar LUKOIL Uzbekistan Operating Company kompaniyasining ta'minotchisi bo‘lmish Eriell kompaniyasi uchun yetkazib berilgan.

Quvurlarning birinchi partiyasi 2015 yilning oktabr oyida keltirilgan edi. Kompaniya tabiiy gaz oluvchi va qayta ishlovchi DN 700 va DN 1000 qurilmalarini yetkazib bergan edi.

ARMATURY Group kompaniyasi tuzilgan shartnoma doirasida O‘zbekistonni 160 dona quvur bilan ta'minlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish