Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Del Boske: 2018 yilgi jahon chempionatigacha Ispaniya termasiga meni almashtiradigan nomzod topish kerak
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske terma jamoadagi faoliyatini 2016 yilgi Yevropa chempionatidan keyinoq tugatishini ta'kidladi.
"Men o‘zimni 2018 yilgi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi boshqaruvida tasavvur qilmayapman. Bu turnir boshlangunicha yangi bosh murabbiyni aniqlash kerak. Ispaniya Futbol federatsiyasidagilar esa men hech qachon ketmaydigandek, bu borada harakat olib borishmayapti. Mening oilam istalgan qarorimni qabul qiladi", deydi Boske Marca nashriga.
Ma'lumot uchun, ushbu mutaxassis 2010 yilgi mundialda Ispaniya termasini g‘oliblik shohsupasiga olib borgandi.
Del Boske murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi