O‘zbekiston | 13:59 / 13.01.2016
11357
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Yagona darcha” markazlari xizmat ko‘rsatishni boshladi

Farg‘ona viloyatida tuman va shahar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari negizida “bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha 19 markaz tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Markazlarda tadbirkorlarga “bir darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan birga, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, arizachilarga yordam ko‘rsatish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul maslahat berilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, ayni paytda viloyatda 19 mingga yaqin kichik biznes sub'yekti faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiyotimizning muhim bo‘g‘iniga aylanib borayotgan oilaviy korxonalar soni ham ortib, asosan sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.