Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola: Angliyada balki ikki yildan keyin ish boshlashim mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunida Germaniyani tark etganidan keyin darhol Angliyada ish boshlash niyatida emasligiga ishora qildi.
"Qayerda ishlashim haqida faqat shartnomaga imzo chekkanim zahoti rasman e'lon qilaman. Hozir aytishim mumkinki, 2 yildan keyin Angliya klublaridan birida ish boshlashni mo‘ljallaganman.
Men Myunxen jamoasi bilan shartnomamning so‘nggi soniyalarigacha ishlab beraman. Undan so‘ng esa, uyga, Kataloniyaga qaytaman. Shundan keyingina Angliyaga borish haqida o‘ylab ko‘rishim mumkin", deydi Gvardiola.
Bungacha ushbu mutaxassis keyingi mavsum arafasida "Manchester Siti" jamoasida ish boshlashi, "shaharliklar" bilan bu borada og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.