Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonjo Shelvi "Nyukasl" bilan 5,5 yillik shartnoma tuzdi
"Suonsi" jamoasining 23 yoshli yarim himoyachisi Jonjo Shelvi faoliyatini "Nyukasl" klubida davom ettiradi. Bu haqda uning yangi jamoasi rasmiy saytida xabar berilgan.
Shelvi "Nyukasl" bilan 5,5 yillik shartnoma tuzgan. Uning transferi qiymati 12 million funt sterlingni tashkil etgan. Bu esa APLda joriy mavsumdagi qishki transferlar oyi vaqtidagi eng yuqori narxdagi transferga aylandi.
Futbolchi yangi klubi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.
"Bu yerdaligimdan juda xursandman. Bu bitim amalga oshishi uchun kechasi bilan shu yerda qoldim. Bu jarayon 24 soat talab etdi. Endilikda bor kuchimni jamoa g‘alabalariga qo‘shmoqchiman. Stiv Maklaren bilan avvaldan yaxshi munosabatda bo‘lib kelganman. Aynan uning taklifi bilan "Nyukasl"ga ko‘chib keldim, - deydi Shelvi.