Sport | 22:54 / 13.01.2016
3805
1 daqiqa o‘qiladi

Kloze mavsum so‘ngida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi

"Latsio"ning germaniyalik tajribali hujumchisi Miroslav Kloze joriy mavsum yakunida "butsalarini mixga iladi". Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatgan.

37 yoshli ushbu jahon chempioni AQSh va Xitoy chempionatlaridani jamoalardan bo‘lgan takliflarni rad etgan va "Latsio" o‘zining faoliyatidagi so‘nggi jamoasi bo‘lib qolishini bildirgan.

U futbolchilikdan keyin yoshlar murabbiyi bo‘lib ishlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Braziliyada o‘tkazilgan 2014 yilgi jahon chempionatida oltin medallarni ko‘ksiga taqqan bu futbolchi mezbonlarga qarshi uchrashuvda gol urib, mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangandi (15ta gol). Kloze Germaniya termasi bilan 4ta mundialda ishtirok etgan. U 2011 yilda "Latsio" safiga kelib qo‘shilgan va bu jamoa bilan 149ta uchrashuv o‘tkazib, 56ta golga mualliflik qilgandi.