Mobil muxbir: "Xiyonat girdobi" - o‘zbek kinoijodkorlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmachiligi
Yaqinda o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan sodir etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirmachilikni payqab qoldim va fikrlarimni maqola qilib, Kun.uz saytida albatta ommaga taqdim qilish kerak, zora bu boshqa ijodkorlar uchun saboq bo‘lsa, degan qarorga keldim! Aslida bunday voqealar shou-biznes va kinomatografiya sohasida uchrab turadi, lekin bu juda qo‘pol o‘g‘rilik, ya'ni, umuman, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilgan! O‘g‘ri bo‘l, qaroqchi bo‘l, insof bilan bo‘l, deydi dono xalqimiz, lekin ushbu film ijodkorlari bu maqolni bilishmaydi shekilli.
Gap O‘zbekistonda 2013 yilda suratga olingan "Xiyonat girdobi" filmi va Buyuk Britaniya hamda AQSh hamkorligida 2005 yilda suratga olingan (Jyennifer Eniston va Klayv Oven) “Xiyonat bahosi” ("Derailed") kartinasi ustida ketmoqda. O‘zbek "kinoijodkorlari" birga-bir ko‘chiribdi bu g‘oyani, faqat o‘zbekcha nusxada kino qahramonlari qizchasi kasal bo‘lib, shahardan havosi toza Bo‘stonliq tumaniga ko‘chib o‘tishadi. Shahar chetida yashash va shaharda ishlash esa chet ellarda oddiy hol.
Avvaliga ushbu "Xiyonat girdobi" kinosini ko‘rib, yaxshi ishlabdi, deb o‘ylagan edim. Nafaqat men balki boshqalar ham shunday fikrda ekan. Haqiqatdan ham o‘zgacha kinofilm. O‘zbek kino ijodkorlarining bunday filmini anchadan beri ko‘rmagan edim. Reallashtirilgan holatda ishlanibdi.
Yolg‘on, aldov yo‘li bilan erkaklarni xiyonat girdobiga tushirib ketayotgan bunday ayollar hozirgi hayotda, afsuski, ko‘payib bormoqda.
D.Usmanov