Jahon | 15:13 / 13.01.2016
5325
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva ko‘chalarini qordan tozalash uchun 15 ming dona maxsus texnika vositalari jalb etildi

Rossiya poytaxti Moskvada yoqqan qor natijasida 15 ming dona maxsus texnika vositalari poytaxt yo‘llari va ko‘chalarini tozalash uchun jalb qilingan. RIA «Novosti» bergan ma'lumotga ko‘ra, qorning qalinligi 24-25 santimetrgacha yetgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Moskva bo‘ylab bu tarzda kuchli qor yog‘ishi mazkur fasl davomida boshqa kuzatilmaydi.

O‘tgan bir kun davomida tozalanish natijasida taxminan 305 ming kubometr qor uyumlari to‘plangan. Qish boshidan buyon esa bu ko‘rsatkich 2,5 million kubometrni tashkil qilgan.