Sport | 14:39 / 13.01.2016
16863
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: «Oltin to‘p» topshirish marosimi vaqtida Ronaldu va Alvesh o‘rtasida ixtilof yuzaga keldi

Krishtianu Ronaldu va Dani Alvesh «Oltin to‘p-2015» taqdirlash marosimi vaqtida o‘zaro tortishib qolishgan.

Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, Ronaldu Tsyurixdagi tadbir davomida Dani Alvesh bilan qo‘l berib so‘rashishni istamagan.

Bunga sabab sifatida Ronalduning Dani Alvesh tomonidan «El klasiko»dan keyin tanqid qilingani ko‘rsatilmoqda.

«Oltin to‘p-2015» sovrini topshirilgach, ovoz berish natijalari e'lon qilingan paytda Dani Alvesh darhol keskin norozilik bildirgan. Uning noroziligiga Ronalduning sovrinda Neymarni quvib o‘tib ikkinchi o‘rinni egallagani sabab bo‘lgan.