Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: Guantanamodagi qamoqxona jangarilarni yollash uchun vositaga aylangan
AQSh harbiy flotining Guantanamo (Kuba)dagi bazasida joylashgan qamoqxona faqatgina jangarilarni yollash vositasi hisoblanib, uning faoliyatini davom ettirishga hech qanday zaruriyat yo‘q. Ushbu so‘zlarni AQSh prezidenti Barak Obama seshanba, 12 noyabr tunida kongress oldida qilgan “Mamlakatning holati to‘g‘risida”gi murojaatida aytib o‘tdi.
Amerika ma'muriyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Guantanamo qamoqxonasini yopish bo‘yicha ishlarini davom ettiradi. “U qimmatbaho, kerakmas bo‘lib, faqatgina dushmanlarimiz uchun yollash varaqasi vazifasi bajarmoqda”, - dedi Obama.
Guantanamo lagerini bir yil ichida yopish to‘g‘risidagi qaror Obama hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq imzolangan edi. U yerda AQSh tomonidan bosib olingan Afg‘oniston hududida qo‘lga olingan kishilar tergov va sud hukmisiz saqlanmoqda. Qaror 2008 yilda imzolanganiga qaramasdan, Obama mazkur maqsadiga erisha olgani yo‘q.