Jahon | 10:54 / 13.01.2016
5897
2 daqiqa o‘qiladi

Obama IShIDga qarshi kurashni Uchinchi jahon urushi bilan tenglashtirmaslikka chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Amerika kongressiga murojaatida terrorizm, jumladan, “Al-Qoida”, endi esa IShIDga qarshi kurashni xalqni himoya qilish bo‘yicha eng muhim vazifa ekanini ta'kidlab o‘tdi. Obamaning prezident sifatida kongressga so‘nggi murojaati matnidan CNN iqtibos keltirmoqda.

U o‘z so‘zida IShIDga qarshi kurashni Uchinchi jahon urushi bilan tenglashtirishni terroristlar qo‘lida o‘yinchoq bo‘lish bilan barobarligini aytib o‘tdi.

Amerika prezidenti mazkur terroristik tashkilotni dunyodagi eng katta dinlardan birining vakillariga aloqador bilishni xato deb atadi.

“Biz ularni aslida kim bo‘lsa shunday nomlashimiz kerak – qotillar va o‘taketgan mutaassiblar. Ularni burchakka quvish, tag-tomiri bilan qirish va yo‘q qilib yuborish kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Obama.

Uning qayd etishicha, bir yil muqaddam AQSh tuzgan terroristlarga qarshi kurash bo‘yicha koalitsiyaga 60 davlat kirgan va jinoiy to‘da rahbarlari, tayyorgarlik lagerlari hamda neft obektlariga qarata 10 ming marotaba zarbalar bergan.