Jahon | 11:30 / 13.01.2016
4091
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi tibbiy markazda sodir etilgan terakt tufayli kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning janubi-sharqiy qismida sodir etilgan terakt kamida 15 kishini hayotdan olib ketgan. Bu haqda AFP xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, Kvetta shahridagi bemorlar poliomiyelitga (asab tizimini falaj qiluvchi o‘ta yuqumli kasallik) qarshi emlanuvchi tibbiy markaz oldida portlash sodir etilgan.

"15 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 12 nafari politsiyachilar edi. Shuningdek, yana bir harbiy va 2 fuqaro qurbon bo‘lgan", deya agentlikka xabar qilgan huquq tartibot organi xodimlaridan biri.

Bu terakt tufayli kamida 10 kishi tan jarohatlari olgani aytilgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.