Jahon | 09:40 / 13.01.2016
3712
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi "Jibhot an-Nusra"ning Lataqiyadagi tayanch shahrini egalladi

Suriya armiyasi Lataqiya viloyatidagi Salma shahri ustidan to‘la nazorat o‘rnatdi. Bu shahar "Jibhot an-Nusra" guruhining mamlakat g‘arbidagi asosiy shaharlaridan biri edi.

"Bizning harbiylar ko‘ngilli jangchilar yordamida strategik ahamiyati yuqori bo‘lgan Salma shahrida nazorat o‘rnatdi", deydi suriyalik harbiy boshliqlardan biri Frans Press agentligiga.

O‘tgan yilning dekabr oyida hukumat qo‘shinlari jangarilarning yana bir muhim strategik shahri an-Nubani (Salma shahri yaqinida) qaytarib olgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish