Jahon | 19:07 / 13.01.2016
11999
1 daqiqa o‘qiladi

TIME jurnali Obamaning keyingi 7 yil ichida qanchalik keksayganini ko‘rsatib berdi

TIME jurnali Barak Obamaning 2009 yilgi va 2016 yildagi suratlarini solishtirib, bu siyosatchining o‘tgan muddat ichida qay darajada keksayganini ko‘rsatib berdi.

2009 yilda, 47 yoshida AQSh prezidenti bo‘lgan Barak Obama hali yosh va ko‘rkam bo‘lganini ko‘rish mumkin. 2016 yilda, 53 yoshida o‘zining prezident sifatidagi so‘nggi yillik murojaatidagi suratida esa u ancha keksaygan, sochi oqargan va horg‘inroq ko‘rinadi.