Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda prezidentlikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
Tojikistonda prezidentlikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin. Bu haqda Asia Plus nashri parlamentning quyi palatasidagi manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Aytilishicha, konstitutsiyaga mazkur o‘zgartirishni kiritish masalasi xalq referendumiga olib chiqiladi. Nazarda tutilayotgan o‘zgartishga muvofiq, 30ga kirgan, 10 yildan ortiq Tojikistonda yashagan har qanday fuqaro prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishga huquqli bo‘ladi.
Shuningdek, konstitutsiyaning siyosiy partiyalar tuzish to‘g‘risidagi 28-moddasiga o‘zgartish kiritish ko‘zda tutilmoqda.