Jahon | 12:11 / 13.01.2016
3671
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obamaning Kongressga murojaatini “zerikarli” deb baholadi

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod, milliarder Donald Tramp amaldagi prezident Barak Obamaning bugun Kongressga yo‘llagan murojaatini “zerikarli” deb baholadi.

“Mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risida”gi murojaat rostanam zerikarli va jo‘n bo‘ldi – buni ko‘rish juda og‘ir edi”, - deb yozdi tijoratchi Twitter’dagi mikroblogida.

“Murojaat men oxirgi paytlarda eshitgan murojaatlarim ichida eng zerikarli va mazmunsizi bo‘ldi. Zudlik bilan yangi rahbariyat zarur!”, - deb yozdi u ikki soatdan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 yanvar kuni Barak Obama prezidentlik lavozimida Kongressga oxirgi murojaatini yo‘lladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish