Jahon | 19:04 / 13.01.2016
4360
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina yangi “Buyuk Ipak yo‘li” doirasida Qozog‘istonga birinchi poyezdni yo‘llaydi

Ukraina o‘z tovarlarini Qozog‘iston va boshqa Osiyo davlatlariga Rossiyani chetlab o‘tgan holda jo‘natishning muqobil tranzit yo‘llarini qidirmoqda, deb xabar beradi “112 Ukraina” telekanali. Bu boradagi bayonotni mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida berdi.

“Infrastruktura vazirligi va “Ukrzaliznytsya” (temir yo‘llar) Bokuda yig‘ilish o‘tkazmoqda, biz shu haftada Ukraina-Gruziya-Ozarbayjon-Qozog‘iston sinov yo‘nalishi bo‘yicha birinchi poyezd yuborilishini kutmoqdamiz. Bu Ukraina iqtisodiyotiga tovarlarni har doim bizga oid bo‘lgan bozorlarga yetkazishning muqobil yo‘nalishini ochish imkoniyatini beradi, lekin Rossiyaning tranzit va savdo embargosi tufayli hozir tovarlarimizni yetkazib berish juda qiyin bo‘lmoqda”, - deb ta'kidladi hukumat rahbari.