Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:19 / 13.01.2016
2582
1 daqiqa o‘qiladi
Venesuela terma jamoasi a'zosi doping qabul qilgani uchun 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Venesuela terma jamoasi futbolchisi Edgar Ximenes doping qabul qilganlikda ayblanib, 2 yil muddatga futboldan chetlashtirildi.
Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli bu yarim himoyachi 2014 yilda Janubiy Amerika kubogi doirasidagi o‘yinlardan birida doping qabul qilgan holda ishtirok etgan.
Ichki chempionatdagi «Karabobo» jamoasi vakili bo‘lgan bu futbolchi terma jamoa safida 9ta o‘yin o‘tkazgandi.