Iqtisodiyot | 19:04 / 14.01.2016
3255
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Qirg‘izistonda inflyatsiya 3.4 foizni tashkil qildi

2015 yilda Qirg‘izistonda inflyatsiya 3.4 foizni tashkil qildi. Bu haqda 14 yanvar kuni uyushtirilgan matbuot anjumanida milliy statistika qo‘mitasi raisi Aqlbek Usmonaliyev ma'lumot berdi.
Bundan tashqari, amaldor YaIM 424 mlrd somni tashkil qilganini, bu 2014 yilgi ko‘rsatkichlardan 3.5 foizga ko‘proqdir.
YaIM strukturasining eng katta qismini (50 foiz) xizmat ko‘rsatish sohasi tashkil qiladi. Sanoat uning 15 foizlik, qishloq xo‘jaligi 14 foizni, qurilish 8 foizni tashkil qiladi.