Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Al Jazeera 30 aprelga qadar AQShdagi kabelli TVni yopadi va raqamli OAVni rivojlantirishga urg‘u beradi
Qatarning Al Jazeera telekanaliga tegishli bo‘lgan Al Jazeera America (AJAM) shu yilning 30 apreliga qadar AQShda kabelli TV xizmatini ko‘rsatishni to‘xtatadi. Bu haqda Al Jazeera America Al Ensti aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, ayni paytda AQSh media bozoridagi iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli biznesning mazkur yo‘nalishini davom ettirishning imkoni yo‘q.
Shu bilan birga, yaqin orada Al Jazeera Media Network AQShda raqamli OAVni rivojlantirishga urg‘u bera boshlaydi.
“Auditoriya yangiliklar qidirib, turli platformalar, shu jumladan, mobil uskunalarga o‘tmoqda, - tushuntirdi u. – Faoliyatimizning kengaytirilishi AQSh iste'molchilariga bizning jurnalistikamiz va kontentimizdan istaganlarida foydalanishga imkon beradi”.