Sport | 17:23 / 14.01.2016
7253
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA «Real» va «Atletiko»ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi

Xalqaro futbol uyushmasi FIFA Ispaniyaning «Real» va «Atletiko» jamoalariga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan.

Manbaning bergan xabariga ko‘ra, Madrid jamoalar mazkur jazo bo‘yicha yaqin bir kun mobaynida rasmiy bildirishnoma olishadi.

Qayd etib o‘tish joiz, FIFA o‘tgan yil davomida «Real» va «Atletiko»ning transferlarni rasmiylashtirish faoliyati bilan tanishib chiqdi. Unga ko‘ra, tashkilot jamoalarning 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda bir qator qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yganini aniqlagan.

«Real» va «Atletiko»ga 2016 yilning yozidagi va 2017 yilning qishki transferlari paytida o‘yinchilarni ro‘yxatga olish taqiqi qo‘yiladi. Biroq klublarda mazkur qaror yuzasidan shikoyat xati yozish imkoniyati mavjud.

O‘tgan yilda xuddi shunday jazoga Kataloniyaning «Barselona» klubi tortilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish