Jahon | 17:54 / 14.01.2016
5491
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya bir yil ichida 16 milliard yevrolik qurol sotib rekord o‘rnatdi

Fransiyaning qurol-yarog‘ savdosidan topgan daromadi 2015 yilda 16 milliard yevroga yetib, fransuz mudofaa sanoati uchun rekord o‘rnatdi. Bu haqda TASS mamlakat harbiy mahkamasi rahbari Jan-Iv Le Drianga tayanib xabar bermoqda.

“Bu o‘tgan yilga qaraganda ikki barobar ko‘p demakdir. Shunday qilib biz yangi rekordni o‘rnatdik va men fransuz ishlab chiqaruvchilaridan faxrlanaman”, - dedi u.

Mamlakat prezidenti Fransua Ollandning yanvar oyi oxirida Nyu-Deliga qiladigan tashrifida Hindiston HHK uchun Rafale fransuz qiruvchilarining yirik partiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishi mumkinligi haqida izoh berar ekan, Le Drian ushbu kelishuv amalga oshishiga umid bildirdi, biroq bu haqda gapirishga hali erta ekanini aytib o‘tdi.