Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guus Xiddink: Mavsum yakunida kuchli to‘rtlikka kirish uchun har o‘yinda 2,8 tadan ochko olishimiz kerak
Angliyaning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Guus Xiddink APLning 21-tur doirasidagi «Vest Bromvich» klubiga qarshi uchrashuvi (2:2) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Vest Bromvich»ga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotganimizga qaramay, bizda to‘rtinchi o‘rin uchun matematik hisob bo‘yicha imkoniyatlar bor. Biz aynan shu o‘rin uchun kurashishda davom etamiz. Biz barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishimiz shart. Hech bo‘lmasa uydagi uchrashuvlarni muvaffaqiyatli yakunlashimiz kerak. O‘rtacha har bir o‘yinda 2,8 ochko to‘plash kerak. Bu esa o‘ta murakkab».
«Buning uchun albatta uydagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishimiz kerak», – deydi Xiddink.
Eslatib o‘tamiz, 21-turdan keyin «Chelsi» APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.