Jahon | 10:22 / 14.01.2016
8651
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya poytaxtida oltita portlash sodir etildi

Jakarta markazida mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 09:00) sodir etilgan bir qancha portlashlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

Tokio televideniyesining xabar qilishicha, ayni paytda portlashlar ro‘y bergan hududda otishma ovozlari eshitilib turibdi.

Aytilishicha, portlashlar yirik savdo markazi yaqinida sodir bo‘lgan. 

Taxmin qilinishicha, portlashlardan kamida bittasi terrorchi xudkush tomonidan sodir etilgan. Indoneziyadagi nashrlarning xabariga ko‘ra, qurbonlar soni kamida 5 kishi.

Hukumat aholiga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan.