Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:56 / 14.01.2016
4943
1 daqiqa o‘qiladi
Jakartada shina yorilishini navbatdagi terakt deb o‘ylashdi
Jakarta politsiyasi shaharda navbatdagi portlash sodir bo‘lgani haqidagi xabarni inkor etdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Bundan oldinroq, kunning ikkinchi yarmida navbatdagi portlash sodir bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Politsiya vakili Muhammad Iqbol ertalabki teraktlar hududi yaqinida baland ovoz eshitilgani, lekin bu portlovchi qurilmaning emas, yuk mashinasi g‘ildiragining shinasi ovozi ekani ma'lum bo‘ldi.
Politsiyaning qayd etishicha, shaharda xavflilik darajasi saqlanib qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish