Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakartadagi terakt qurbonlari soni ortdi
14 yanvar kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida sodir etilgan davomli teraktlar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 7 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda politsiyaga asoslangan holda Assoshieyted Press agentligi xabar tarqatgan.
Jakarta politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 3 nafari politsiyachilar, 4 nafari esa hujum qilgan jangarilar hisoblanadi.
14 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Jakartaning 6 ta nuqtasida portlash sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng 10 nafardan ortiq qurollangan jangarilar va politsiyachilar o‘rtasida otishma yuz bergan.
Portlashlardan biri Sarinah nomli savdo markazi, yana biri BMT binosi va Starbucks kafesi oralig‘ida sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Portlashlar ro‘y bergan tumanda hashamatli mehmonxonalar, ofis binolari hamda bir qancha davlatlarning elchixonalari joylashgan.