Jahon | 10:47 / 14.01.2016
3561
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartadagi teraktlar amalga oshirilishida 14 nafar jangari ishtirok etgan

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida 14 yanvar kunining birinchi yarmida amalga oshirilgan davomli teraktlar hamda otishmalarda 14 nafar jangari qatnashgan va ularning bir qanchasi o‘zini portlatgan.

Indoneziya politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Jakarta shahrida 6 marta portlash sodir bo‘lishi natijasida 3 kishi halok bo‘lgani tasdiqlangan.

"Jakartadagi hujumlarda 10 nafardan 14 nafargacha bo‘lgan jangari ishtirok etdi", deyiladi Times of India nashri xabarida.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 3 ta nuqtadagi portlashlar xudkush jangarilar vositasida amalga oshirilgan.

Portlashlardan biri sayyohlar gavjum Sarinah savdo markazi oldida yuz bergan.

Indoneziya poytaxtida oltita portlash sodir etildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish