Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda yoshlarni yot g‘oyalar ta'siridan saqlashda oila va o‘quv muassasining o‘rni muhokama qilindi
Jizzax shahridagi 8- umumta'lim maktabida “Yoshlarni yot g‘oyalar ta'siridan saqlashda oila va o‘quv muassasining o‘rni” mavzusida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Dastlab, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devon rahbari A.Aripov so‘zga chiqib, bugungi globallashuv jarayonida dunyo sahnasida bo‘layotgan vaqea hodisalar, kishilik jamiyatida sodir etilayotgan vahshiyliklar, terrorizm degan ofat hozirda insonlar umriga zavol bo‘layotganligi va biz qurayotgan jamiyat bu kabi illatlarga qarshi turish birinchi o‘rindagi vazifamiz bo‘lishi kerakligi xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, o‘quvchi yoshlarimizning ongiga ma'naviy tahdidlar va yot g‘oyalar ta'siridan saqlashda oila va o‘quv muassasining hamkorligini yanada kuchaytirish to‘g‘risida o‘z fikr muloxazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda namoyish etilgan vidioroliklardagi voqealar tadbir ishtirokchilarini chuqur o‘yga soldi va ulardan tegishli xulosalar chiqarishdi. Mamlakatimizdagi tinchlik va totuvlikning qadriga yetmasdan, o‘zga yurtlarda xoru zorlikda yurgan, hozirda pushaymon bo‘lganlarning tavba-tazarrularini ko‘rgan ishtirokchilar tinchlik bu eng bebaho ne'mat ekanligini ta'kidlashdi.
Shuningdek, O‘zMTDP Jizzax hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devon jamoatchilik bilan ishlash va OAV yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi mutaxassis A.Binokulov ayni damda dunyodagi ba'zi manfur insonlarning o‘z manfaati yo‘lida qilayotgan vahshiyliklarining naqadar yomonligi, yoshlarimizning ongini zaharlashda ular har qanday vositalardan foydalanishga harakat qilayotganligi xususida gapirdi.

O‘z navbatida, ota-onalar ham nafaqat o‘z farzandlari, balki o‘zi yashab turgan mahalladagi barcha yoshlarga ham e'tiborli bo‘lib, bir maqsad sari, ya'ni tinchlik yo‘lida birlashishni taklif qilishdi va ushbu taklif bir ovozdan ma'qullandi.
Tadbir so‘ngida maktabda faol bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga maktab tomonidan minnatdorchilik faxriy yorliqlari taqdim etildi.