Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyalik Erik Bragg Powerball lotereyasida 1,5 milliard dollar yutib olganini ma'lum qildi
Kaliforniya shtatning Chino-Xills shahrida yashovchi Erik Bregg ismli shaxs AQShning eng mashhur lotereyasi Powerball jyekpotini qo‘lga kiritganini e'lon qildi va tvitterda yutuqli chipta suratini joylashtirdi.
«The Mirror» nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, Bregg yutuq chiqqan lotereyasini tvitterga joylashtirgan.
I am not a selfish guy and I will be #GivingAway some of my winnings to every person who retweets this! #Powerball pic.twitter.com/LC5qKcdj9x
— Erik Bragg (@iambragg) 14 yanvarya 2016
Shu bilan birga Bregg ushbu o‘yinda ancha ilgari g‘alaba qozongani, lotereya chiptasi suratini esa kompyuter dasturlari orqali osongina qalbakilashtirish mumkinligi ham eslab o‘tilgan.
Bregg ushbu suratni joylashtirganidan keyin tvitterda o‘zining yangi ming nafar folloverining har biriga 1000 dollardan pul berishini, keyingi folloverlar ichidan esa tasodif yo‘li bilan yana ming nafarini aniqlab, ularga ham shuncha miqdorda mablag‘ berishini e'lon qilgan.
Ba'zi manbalarga ko‘ra, Bregg suratini Instagram ijtiomiy tarmog‘iga ham joylashtirgan. Odamlar mazkur surat ostiga mashina xarid qilish yoki uy to‘lovida yordam berish so‘ralgan iltimoslar qoldirishni boshlagan.